UzAuto Motors IPO doirasida 56,9 mlrd.so‘mlik 1383 ta arizalar to‘plandi, bu taklif qilingan aksiyalarning umumiy hajmidan 29,1 % tashkil etadi.
Joylashtirilgan aksiyalarning 80,1 % institutsional, qolgan 19,9 % chakana investorlarga taqsimlandi.
UzAuto Motors IPO obuna kampaniyasida “Toshkent” RFBdagi avvalgi eng yirik ommaviy joylashtirishlarga qaraganda 3,6 barobar ko‘p arizalar to‘plangan. (“Kvars” AJ – 15,8 mlrd.so‘m)
E’lon qilingan xususiylashtirish dasturi doirasida yirik davlat kompaniyalarining IPO/SPO’ga chiqarilishi kelgusi IPO’lar natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va xususiy sektor vakillarining mahalliy kapital bozoriga qiziqishini oshirishi kutilmoqda.