2023-yilning 3-avgust kuni “Toshkent” Respublika fond birjasida “Toshkent” Respublika fond birjasi Boshqaruv raisi Georgiy Paresishvili va Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Musa Jamanboyev – Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
Uchrashuvda ikki davlat fond birjalari o‘rtasida uzoq muddatli, samarali hamkorlik va o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.