2024-yilning 5-mart kuni “Toshkent” Respublika fond birjasida (RFB “Toshkent”) Boshqaruv raisi Georgiy Paresishvili va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. OTBning 2025-2027 yillarga moʻljallangan yangi loyihalari va ularning Oʻzbekiston moliya bozori rivojlanishiga taʼsiri muhokama qilindi.
Georgiy Paresishvili kapital bozorining bugungi holati haqida batafsil to‘xtalib, O‘zbekistonda kapital bozori infratuzilmasini takomillashtirish va investorlarni jalb etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-291-sonli qaroriga muvofiq 2023-2025-yillarda kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” bilan batafsil tanishtiruv OTB vakillariga mahalliy kapital bozorining strategik yo‘nalishlari va vazifalarini yaxshiroq tushunish imkonini berdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar kelgusida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. OTBning moliya sektori direktori Mohd Sani Ismoil O‘zbekistonda kapital bozorini rivojlantirish bilan bog‘liq ayrim masalalar OTBning 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan dasturida hisobga olinishi va mamlakat moliya bozorini rivojlantirish uchun rag‘bat bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.