2024-yil 5-mart kuni “Toshkent” Respublika fond birjasida (RFB) RFB “Toshkent” Boshqaruv raisi Georgiy Paresishvili va FitchRatings xalqaro kredit reytingi agentligi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. FitchRatings vakillarining RFBga tashrifi mahalliy kapital bozoriga qiziqish ortib borayotganidan va obligatsiyalar bozoridagi mavjud vaziyatni batafsilroq tushunish istagidan dalolat beradi.
FitchRatings vakillari mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlikda ularga kredit reytingini berish maqsadida ularni baholashga qiziqish bildirishdi.
Georgiy Paresishvili FitchRatings vakillariga mamlakatimizdagi kapital bozori va korporativ sektorning joriy holati haqida batafsil ma’lumot berdi, shuningdek, korporativ obligatsiyalar bozorining rivojlanishiga jiddiy turtki bo‘lishi mumkin bo‘lgan Individual investitsiya hisoblarining soliq imtiyozlari haqida gapirdi. Suhbat chog‘ida hamkorlik istiqbollari va O‘zbekistonda kapital bozorini rivojlantirishdan umumiy manfaatdorlik muhokama qilindi.