РЕСПУБЛИКА ФОНД БИРЖАСИ
«ТОШКЕНТ»

Бошланғич нархи : 24.5
Келтирилган нарх : 24.3 ( ▼ 0.2 )
Охирги битим санаси : 11.12.2024
Бошланғич нархи : 4 200
Келтирилган нарх : 4 150 ( ▼ 50.0 )
Охирги битим санаси : 11.12.2024
Бошланғич нархи : 2 100
Келтирилган нарх : 2 302 ( ▲ 202.0 )
Охирги битим санаси : 11.12.2024
Бошланғич нархи : 900
Келтирилган нарх : 950 ( ▲ 50.0 )
Охирги битим санаси : 11.12.2024
Бошланғич нархи : 1 579.5
Келтирилган нарх : 1 550 ( ▼ 29.5 )
Охирги битим санаси : 11.12.2024
Бошланғич нархи : 9.53
Келтирилган нарх : 9.43 ( ▼ 0.1 )
Охирги битим санаси : 11.12.2024
Бошланғич нархи : 27
Келтирилган нарх : 29.95 ( ▲ 2.95 )
Охирги битим санаси : 11.12.2024
Бошланғич нархи : 3 475
Келтирилган нарх : 3 495.99 ( ▲ 20.99 )
Охирги битим санаси : 11.12.2024
Бошланғич нархи : 1.07
Келтирилган нарх : 1.12 ( ▲ 0.05 )
Охирги битим санаси : 11.12.2024

PRESS RELIZ
25.03.2024

2024-yilning 20-mart kuni “Toshkent” Respublika fond birjasi (“Toshkent” RFB) Boshqaruv raisi Georgiy Paresishvili Ostona xalqaro moliya markazi (OXMM) Yashil moliya markazi Boshqaruv raisi o‘rinbosari Manas Gijduaniev va OXMM Authority mahsulot bo'yicha bosh direktori Daniyar Kelbetov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar yashil moliyalashtirishga e’tibor qaratdilar, jahon amaliyotini va fond birjalarida yashil obligatsiyalarni chiqarish holatlarini chuqur muhokama qildilar. Tomonlar ushbu tashabbusni O‘zbekiston kapital bozorida amalga oshirish bo‘yicha keyingi harakatlar rejalarini ko‘rib chiqdilar, bu esa mahalliy bozorda yashil obligatsiyalarning paydo bo‘lishiga hissa qo‘shishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 26-oktabr kuni “Toshkent” RFB, Ostona xalqaro birjasi va OXMM Yashil moliya markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanib, qo‘shma faoliyatga yo‘l ochgan edi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar qoʻshma ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar va OXMM vakillari Oʻzbekiston kapital bozorida yangi yashil segmentni, jumladan ESGni rivojlantirishga, shuningdek, Toshkent shahrida mahalliy mutaxassislar uchun treninglar oʻtkazishga koʻmaklashishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. “Toshkent” RFB Boshqaruv raisi Georgiy Paresishvili bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va bu borada yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.


Все новости Орқага