«Kapital sug'urta» AJning imtiyozli aksiyalari bilan savdolar vaqtincha to‘xtatildi
2026-yil 16-fevraldan 27-fevralgacha bo‘lgan 10 ish kuni davomida “Toshkent” Respublika fond birjasining Main Board savdo maydonchasida «Kapital sug'urta» AJning (UZ702866K013) imtiyozli aksiyalari narxi 257,14% dan oshgan.
Mazkur holatni har tomonlama o‘rganish va narxrlarni keskin o'sish faktorlarini tahlil qilish maqsadida, “Toshkent” Respublika fond birjasida Qimmatli qog‘ozlar savdosi qoidalarining 1687-bandiga ko‘ra, 2026-yil 2-martdan emitentning imtiyozli aksiyalari bilan savdolar vaqtincha to‘xtatildi.
Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar Birjaning rasmiy kanallari orqali e’lon qilinadi.