2023-yil 1-noyabr – “Toshkent” Respublika fond birjasi (RFB) Koreya fond birjasi (KRX) ijrochi direktori Kyung Uk Min boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv davomida "Toshkent" RFB Boshqaruvi raisi Georgiy Paresishvili O‘zbekiston kapital bozorining hozirgi holati va uni yangi tartibga soluvchisi va O‘zbekiston hukumati yordamida rivojlantirish rejalarini ko‘rib chiqdi. Georgiy Paresishvili 2023-2025-yillarda kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar va yo‘l xaritasini, jumladan, xorijiy investorlarning mahalliy qimmatli qog‘ozlar bozoriga kirishini ochib berishni nazarda tutuvchi yangi 291-sonli Prezident qarorini atroflicha muhokama qildi. Georgiy Paresishvili, shuningdek, zarur o‘zgarishlarni amalga oshirishda "Toshkent" RFB duch keladigan qiyinchilik va muammolarga e’tibor qaratdi.
O‘z navbatida, Koreya fond birjasi "Toshkent" RFBning aksiyadori sifatida, yangi tartibga soluvchining va O‘zbekiston hukumatining, O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish va unga yangi investorlarni jalb etishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Ular o'tgan yil davomida RFBda amalga oshirilgan bitimlar soni sezilarli darajada oshganini, mahalliy chakana investorlar faollashib borayotganining belgisi sifatida qayd etdilar. KRX O‘zbekistonda kapital bozori va fond birjasini yanada rivojlantirishni bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.