REPUBLICAN STOCK EXCHANGE
«TOSHKENT»

Open Price : 24
Quoted Price : 23.8 ( 0.0 )
Last transaction : 2024-12-06
Open Price : 4,450
Quoted Price : 4,250 ( 0.0 )
Last transaction : 2024-12-06
Open Price : 2,297
Quoted Price : 2,297 ( 0.0 )
Last transaction : 2024-12-06
Open Price : 949
Quoted Price : 949 ( 0.0 )
Last transaction : 2024-12-06
Open Price : 1,583.5
Quoted Price : 1,579.5 ( 0.0 )
Last transaction : 2024-12-06
Open Price : 9.55
Quoted Price : 9.53 ( 0.0 )
Last transaction : 2024-12-06
Open Price : 29.97
Quoted Price : 27.22 ( 0.0 )
Last transaction : 2024-12-06
Open Price : 3,391
Quoted Price : 3,385 ( 0.0 )
Last transaction : 2024-12-06
Open Price : 1.14
Quoted Price : 1.13 ( 0.0 )
Last transaction : 2024-12-06

PRESS RELIZ
2024-02-19

2024-yil 19-fevral - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son Qaroriga (4-ilova, 31.2-band) muvofiq “Toshkent” Respublika fond birjasi tomonidan O‘zbekiston kapital bozori holati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar o`tkazildi.
Ushbu tashabbus doirasida 2024-yil 15-fevral kuni “Toshkent” Respublika fond birjasi Boshqaruv Raisi Georgiy Paresishvili G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universiteti Toshkent filiali talabalariga “O‘zbekistonda fond bozorini rivojlantirishni qanday jadallashtirish kerak” mavzusida ochiq ma’ruza o‘qidi. Ma’ruza oldidan Georgiy Paresishvili universitet direktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisod fanlari doktori, Abdurahmonov Qalandar Xodjayevich vakilligida universitet rahbariyati bilan uchrashdi.
Ma’ruza O‘zbekiston fond bozoridagi so‘nggi o‘zgarishlar va kapital bozori to‘g‘risidagi yangi qonunni ishlab chiqishdan tortib, xorijiy investorlarni jalb qilish, davlat va xususiy kompaniyalar va banklarda korporativ boshqaruvgacha bo`lgan keng ko‘lamli masalalarni qamrab oldi.
Ma’ruza davomida kompaniyalarni IPO/SPO orqali xususiylashtirish, soliq imtiyozlari va fond bozori infratuzilmasini takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Bozor infratuzilmasini yaxshilash va yanada jozibador investitsiya muhitini yaratish bo‘yicha taklif etilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Uchrashuv interaktiv tarzda o‘tkazildi. Ma’ruza so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni faol berib, atroflicha javob oldilar.



List Back