РЕСПУБЛИКАНСКАЯ ФОНДОВАЯ БИРЖА
«ТОШКЕНТ»

Цена закрытия : 24.6
Цена последний сделки : 24.24 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 25.04.2025
Цена закрытия : 4,270
Цена последний сделки : 3,999.99 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 25.04.2025
Цена закрытия : 2,100
Цена последний сделки : 2,050 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 25.04.2025
Цена закрытия : 949
Цена последний сделки : 960.02 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 25.04.2025
Цена закрытия : 1,410
Цена последний сделки : 1,534.99 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 25.04.2025
Цена закрытия : 9.5
Цена последний сделки : 9.34 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 25.04.2025
Цена закрытия : 31
Цена последний сделки : 31.97 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 25.04.2025
Цена закрытия : 3,699
Цена последний сделки : 3,495 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 25.04.2025
Цена закрытия : 1.14
Цена последний сделки : 1.17 ( 0.0 )
Дата последней сделки : 25.04.2025

"Toshkent" Respublika fond birjasining bozor ma’lumotlari endi Bloomberg terminalida mavjud
25.11.2024

2024-yil 25-noyabr kuni Toshkent, O‘zbekiston - "Toshkent" Respublika fond birjasi (keyingi o‘rinlarda - "Toshkent" RFB yoki birja) birjaning bozor ma’lumotlari endi Bloomberg terminalida {OTC UZS<GO>} orqali mavjudligini e’lon qildi.

30 yil avval tashkil etilgan "Toshkent" RFB O‘zbekistonda kapital bozorini rivojlantirishda yetakchi o‘rinda turadi va mahalliy kompaniyalarga aksiyalar va obligatsiyalar chiqarish orqali kapital jalb qilish imkonini beradi. Birja ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil sentyabr oyi oxirida "Toshkent" RFB kotirovka varag‘ida mamlakat yalpi ichki mahsulotining 21 foizini tashkil etuvchi umumiy bozor kapitalizatsiyasiga ega 103 ta kompaniya mavjud edi. "Toshkent" RFBda amalga oshirilgan bitimlar soni 2023-yilda 2022-yilga nisbatan besh barobarga oshdi, bu chakana investorlar tomonidan talabning yuqoriligi va qimmatli qog‘ozlar savdosi uchun mobil ilovalardan foydalanishning ko‘payishi bilan bog‘liq. 2024-yilning to‘qqiz oyida birjada tuzilgan bitimlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yana 43 foizga oshgan.

"Toshkent" RFB boshqaruvi raisi Georgiy Paresishvili shunday dedi: "Biz xalqaro investorlar tomonidan O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoriga yuqori qiziqish mavjudligini kuzatmoqdamiz. Bloombergning dunyo bo‘ylab mijozlariga bozor ma’lumotlarimizni taqdim etish orqali biz birjamizda sotiladigan qimmatli qog‘ozlarni global investorlar uchun ochiq qilamiz, ularning o‘zbek kompaniyalariga investitsiya kiritishini osonlashtiramiz va ularga o‘z vaqtida investitsiya qarorlarini qabul qilishda yordam beramiz. O‘zbekistonni xalqaro portfel investorlar uchun yangi istiqbolli bozorga aylantirish bo‘yicha o‘z missiyasi doirasida "Toshkent" RFB O‘zbekistonga sarmoya kiritayotgan xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali o‘z tizimlari va bozor faoliyatini yaxshilashda davom etadi."

Bloombergning kontentni sotib olish bo‘yicha global rahbari Devid Tamburelli qo‘shimcha qildi: "Toshkent" RFB O‘zbekistonda o‘zbek kompaniyalarining aksiyalari va mahalliy obligatsiyalari sotiladigan yagona birja hisoblanadi. U shaffoflikni, emitent kompaniyalarning korporativ boshqaruvini va xorijiy investorlarning mahalliy bozorga kirishini yaxshilash nuqtai nazaridan sezilarli yutuqlarga erishdi. Biz O‘zbekiston kapital bozorining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaymiz va mijozlarimizga ushbu frontal bozordan bozor ma’lumotlarini taqdim etish orqali birja ma’lumotlari taklifimizni kengaytirishdan mamnunmiz.

Shuningdek, "Toshkent" RFB ma’lumotlaridan Bloomberg ma’lumotlar litsenziyasi va B-PIPE real vaqt rejimida bozor ma’lumotlarini uzatish kanali yordamida foydalanish mumkin bo‘ladi.

"Toshkent" respublika fond birjasi to‘g‘risida

"Toshkent" respublika fond birjasi O‘zbekistondagi yagona fond birjasi bo‘lib, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan nazorat qilinadi va tartibga solinadi. 1994-yilda tashkil etilgan birja mahalliy kompaniyalarga o‘z aksiyalari va obligatsiyalarini tartibga solinadigan bozorda joylashtirish orqali kapital jalb qilish imkoniyatini beradi hamda ixtisoslashtirilgan portal va mobil ilovalar orqali ikkilamchi savdo uchun elektron platforma taqdim etadi. 2024-yil avgust oyi oxiridagi holatga ko‘ra, "Toshkent" RFB kotirovka varaqasida 105 ta aksiya va obligatsiyalar mavjud bo‘lib, 50 mingga yaqin chakana investorlar mobil ilovalar orqali savdo qilgan.

OAV uchun kontaktlar: "Toshkent" RFB: Rafaella Djafarova, r.djafarova@uzse.uz


Все новости Назад