2023-yil 1-mart kuni “Toshkent”
Respublika fond birjasida Prezident Administratsiyasi, Iqtisodiyot va Moliya
vazirligi, boshqa vazirlik va davlat idoralar, Markaziy bank, Respublika
valyuta birjasi, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va brokerlik
kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Prezident
maslahatchisi o‘rinbosari Timur Ishmetov olib bordi va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 13.04.2021yildagi PF6207-sonli “Kapital bozorini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan
amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Yig‘ilish ishtirokchilari O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bilan bog‘liq turli masalalar va muammolarni muhokama qildilar. T.A. Ishmetov xususiy sektor va davlat vakillari boʻlgan barcha manfaatdor tomonlarning hamkorligi kapital bozori islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish, jumladan, xorijiy investorlarning qimmatli qogʻozlar bozoriga kirishini, mamlakatda moliyaviy savodxonlikni oshirishni, shuningdek, davlat kompaniyalari va banklarini tartibli transformatsiya va xususiylashtirishni ta'minlash maqsadida Qimmatli qogʻozlarning xalqaro markaziy depozitariylari va Global kastodianlar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish muhim ekanligini taʼkidladi. Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari davlat aksiyadorlik jamiyatlarining “Toshkent” Respublika fond birjasida bo’lib o’tadigan bo‘lajak IPOlariga xorijiy va mahalliy investorlarni qanday qilib eng maqbul tarzda jalb etish, minoritar aktsiyadorlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida har kimga nisbatan amal qiladigan va qo‘llaniladigan mustahkam qonunchilik bazasiga ega bo’lish, shuningdek, korporativ boshqaruvni takomillashtirish, shaffoflik, soliq va boshqa imtiyozlar orqali bozorga sifatli emitentlar taklifini qanday oshirish mumkinligi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.