2023-yilning 26-aprel kuni Qozog‘iston fond birjasi (KASE) Boshqaruv raisi Alina Aldambergen boshchiligidagi delegatsiya ikki birja o‘rtasida tajriba almashish va munosabatlarni yaxshilash maqsadida “Toshkent” Respublika fond birjasiga tashrif buyurdi.
Alina Aldambergen Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi jadal rivojlanib borayotgan iqtisodiy aloqalar sharoitida KASE “Toshkent” Respublika fond birjasi bilan aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini bildirdi. O‘z navbatida, “Toshkent” Respublika fond birjasi Boshqaruvi raisi Giorgiy Paresishvili transchegaraviy savdo va investitsiyalar hajmining oshishi, shuningdek, har ikki birja savdolarida turli moliyaviy vositalardan keng foydalanishi O‘zbekiston va Qozog‘istondagi mahalliy va xorijiy investorlarga qo‘shimcha afzalliklar berishini alohida ta’kidladi.
Uchrashuvda tomonlar ikki birja oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va umuman mintaqada moliya sektorini rivojlantirishga qaratilgan qoʻshma tadbirlar rejalarini ham muhokama qildilar.