2023-yil 18-may – “Toshkent” Respublika fond birjasi (“Toshkent” RFB) Boshqaruv raisi Georgiy Paresishvili, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan YeTTB 2023 Yillik majlisida O‘zbekistonda kapital bozorini rivojlantirish mavzusidagi panel muhokamasida ishtirok etdi. U kutilayotgan IPOlar haqida gapirdi va muvaffaqiyatli IPO uchun korporativ boshqaruvni takomillashtirish va davlat kompaniyalarida hukumat rolini cheklash muhimligini ta'kidladi. Georgiyning soʻzlariga koʻra, Clearstream kabi xalqaro markaziy depozitariylar va global kastodian banklar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishlar olib borilmoqda va yakunlanganidan soʻng xorijiy investorlarning Oʻzbekiston kapital bozoriga kirishi osonlashadi.
Savol-javoblar davomida Georgiy Paresishvili kelgusidagi IPOlar uchun to‘g‘ri narxlar oralig‘ini belgilash, O‘zbekiston kompaniyalarining minoritar aksiyadorlari huquqlarini himoya qilishda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi organning roli kabi masalalarga to‘xtaldi.
Georgiy Paresishvilining nutqining batafsil mazmuni (oʻzbek va rus tillarida) https://www.spot.uz/oz/2023/05/20/ipo-success/ saytida mavjud.
Georgiy Paresishvilining nutqining toʻliq videosi (ingliz tilida) “Toshkent” RFB rasmiy YouTube kanalida mavjud: https://youtu.be/LD5ZRUUBNGE