2023-yil 16-noyabr, Qozog‘istonning Olmaota shahrida, “Toshkent” Respublika fond birjasi Boshqaruv raisi Georgiy Paresishvili va Qirg'iziston fond birjasi Prezidenti Medetbek Nazaraliev o'zaro tushunish va hamkorlik memorandumini imzoladi. Mazkur hujjat “Toshkent” Respublika fond birjasi va Qirg‘iziston fond birjasi o‘rtasida yaqin aloqalarni o‘rnatish va hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu muhim kelishuv har ikki mamlakat moliya bozorlarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib beradi va ilg‘or tajriba almashish imkonini beradi.