Kursiv tashkilotining "O‘zbekistonda kapital bozori: investitsiyalashning yangi vositalari" mavzusidagi tadbirida moliya sektori vakillari fond bozorini rivojlantirish istiqbollari va o‘zbek kompaniyalari tomonidan mablag‘ jalb etishning yangi mexanizmlarini muhokama qildilar.
"Toshkent" RFB Boshqaruvi raisi Georgiy Paresishvili NKMK va Franklin Templeton boshqaruvidagi O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasining kelgusi IPOlari xususiylashtirish va iqtisodiyot shaffofligini oshirish yo‘nalishining muhim qismi ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, u banklar va yirik kompaniyalarning shaxsiy investitsiya hisobvaraqlariga (SIH) qiziqishi ortib borayotganini qayd etdi. Bu hisobvaraqlar qimmatli qog‘ozlar, ayniqsa obligatsiyalar bozorida aholining keng qatlamlarini investitsiya faoliyatiga jalb etish vositasi sifatida xizmat qilmoqda.
Obligatsiyalarni joylashtirish va sotib olishda banklar va mikromoliyaviy tashkilotlarning ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi. Bu segment O‘zbekiston korxonalari uchun uzoq muddatli moliyalashtirishning muhim manbaiga va bank kreditiga muqobil vositaga aylanib bormoqda.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (NAPP) direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak 2025-yilda korporativ obligatsiyalar bozorining hajmi 1,9 trillion so‘mga yetganini ma’lum qildi. U LBMAning mamlakatda kapital bozorini yanada rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik va boshqa tashabbuslarini sanab o‘tdi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (NAPP) direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak 2025-yilda korporativ obligatsiyalar bozorining hajmi 1,9 trillion so‘mga yetganini ma’lum qildi. U LBMAning mamlakatda kapital bozorini yanada rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik va boshqa tashabbuslarini sanab o‘tdi.
Alohida blokda xalqaro hamkorlik, jumladan, yirik mahalliy kompaniyalarni Toshkent va xalqaro fond birjalarida ikki tomonlama listingga tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Toshkent fond birjasi raqamli transformatsiya, qimmatli qog‘ozlar emitentlari va investorlari uchun moliyaviy vositalar qatorini kengaytirish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va O‘zbekiston kapital bozoriga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash yo‘lini davom ettirmoqda.
________________________________________________________