British Management University da Investitsiya institutlari milliy uyushmasi tomonidan moliyaviy sohadagi OTMlar talabalari uchun “Investment Challenge 2025” musobaqasi hamda kapital bozoriga oid anjuman tashkil etildi.

Anjuman doirasidagi “O‘zbekiston kapital bozori kelajagi: islohotlardan integratsiyaga” mavzusidagi panel sessiyada Respublika fond birjasi Boshqaruv raisi v.v.b. Fayzulla Tashov ishtirok etib, bozorning joriy holati, olib borilayotgan islohotlar va yangi moliyaviy instrumentlar joriy etilishi haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, Fond birjasi tomonidan shu jumladan talabalar uchun onlayn moliyaviy savodxonlik platformasini yaratish bo‘yicha rejalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Tadbirda talabalar soha mutaxassislari bilan muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.