Aksilkorrupsiya oyligi doirasida Toshkent Respublika fond birjasida xodimlar uchun maxsus ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
- Tadbirning asosiy maqsadi — korrupsiyaning salbiy oqibatlarini tushuntirish, tashkilotda shaffoflik, halollik va mas’uliyat tamoyillarini yanada mustahkamlash, shuningdek xodimlarda amaliy qonunchilikka rioya qilish madaniyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.
- Uchrashuv davomida korrupsiyaga qarshi ichki mexanizmlar, korporativ etika qoidalari va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning savollari va takliflari eshitildi.