"Toshkent" Respublika fond birjasi vakillari Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) tomonidan tashkil etilgan yillik amaliyot yarmarkasida ishtirok etdi.
Ushbu tadbir yoshlarni kasbiy rivojlanishda qo‘llab-quvvatlash, talabalar va yetakchi ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.
Bu yilgi yarmarkada mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlaridan 70 dan ortiq yetakchi kompaniyalar ishtirok etdi. "Toshkent" Respublika fond birjasi vakillari talabalar bilan uchrashib, ularni fond bozori imkoniyatlari, amaliyotlar va kelgusidagi kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari bilan tanishtirdilar.