Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–254-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
Yig‘ilishda quyidagi qarorlar qabul qilindi:
- Birjada xorijiy valyutadagi obligatsiyalar hamda xorijiy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va muomalasi uchun ixtisoslashtirilgan savdo maydonchalarini tashkil etish;
- Savdo, kliring, brokerlik va bozor nazorati tizimlarini qamrab olgan amaldagi dasturiy ta’minotni almashtirish. Uning uchun funksional talab va texnik topshiriqlarni ishlab chiqish hamda potensial yetkazib beruvchilarni aniqlash maqsadida axborot so‘rovini (RFI) amalga oshirish;
- Birjaning veb-saytini (portali) yangi versiyasini qaytadan ishlab chiqish.
Qabul qilingan qarorlar birja infratuzilmasini takomillashtirish, kapital bozorining shaffofligi va samaradorligini oshirish hamda investitsiyaviy jozibadorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.