"Toshkent" Respublika fond birjasida Qozog‘iston fond birjasi (KASE) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat kapital bozorlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar dual listing mexanizmlarini kengaytirish, xorijiy qimmatli qog‘ozlarni «Toshkent» RFB savdo maydonchasida joylashtirish imkoniyatlari hamda aktivlarni tokenizatsiya qilish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, kapital bozorlari infratuzilmasini takomillashtirish, investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish va zamonaviy moliyaviy instrumentlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv ikki mamlakat fond bozorlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va zamonaviy moliyaviy infratuzilmani rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.