Qoidalarning yangi tahririda xorijiy qimmatli qog‘ozlar va valyuta obligatsiyalarining fond birjasida joylashtirilishi va muomalaga kiritilishiga oid yangi normalar aks ettirilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, xalqaro tajriba asosida qimmatli qog‘ozlar bilan savdolarni vaqtinchalik to‘xtatib turish bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, hamda FоP va Nego savdo maydonchalarini takomillashtirish belgilangan.
Ushbu o‘zgarishlar fond bozori infratuzilmasini rivojlantirish va savdolarning shaffofligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Qoidalarning yangi tahriri jamoatchilik muhokamasi uchun Birjaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.