“O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasi” AJ (UzNIF) o‘z aksiyalarini birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) o‘tkazish niyatini tasdiqlab, joylashtirishning asosiy parametrlarini e’lon qildi.
Joylashtirish ikki segmentda amalga oshirilishi rejalashtirilgan:
Xalqaro qism doirasida BlackRock, Franklin Resources va Redwheel boshqaruvidagi fondlar, shuningdek Allan & Gill Gray Foundation bilan bog‘liq tuzilmalar kabi yirik institutsional investorlar tomonidan taxminan 300 mln AQSH dollariga teng GDRlarga obuna bo‘lish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Qimmatli qog‘ozlar amaldagi milliy va xalqaro qonunchilik talablariga muvofiq, institutsional hamda malakali chakana investorlar o‘rtasida joylashtiriladi.
Barcha qimmatli qog‘ozlar sotuvi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taklif etiladi va jamiyat mazkur joylashtirishdan tushgan mablag‘larni qabul qilmaydi.
Joylashtiriladigan aksiyalar va GDRlar hajmi arizalar qabul qilish yakunlariga ko‘ra, sotuvchi tomonidan Yagona global koordinator bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Xalqaro joylashtirish doirasida sotuvchi GDRlar umumiy hajmining 15 foizigacha bo‘lgan qismi bo‘yicha qo‘shimcha joylashtirish (over-allotment option) imkoniyatini taqdim etadi.
Toshkentdagi joylashtirishni Alkes Research, Avesta Investment Group va Bluestone Financial Group (birgalikda — Mahalliy menejerlar) Yagona global koordinator va qo‘shma bukrannerlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
The Bank of New York Mellon GDR dasturi bo‘yicha depozitar bank etib tayinlangan. Debevoise & Plimpton hamda Centil Law Firm yuridik maslahatchilar hisoblanadi.
Yakuniy narx va joylashtirish hajmi talabni shakllantirish natijalariga asosan belgilanadi. Ushbu ma’lumotlarni 2026-yil may oyi o‘rtalarida e’lon qilish rejalashtirilgan.
Mazkur IPO O‘zbekiston kapital bozori tarixidagi ilk xalqaro ommaviy joylashtirish bo‘lib, mamlakat investitsiya jozibadorligi ortib borayotganini hamda xalqaro moliya bozorlariga integratsiya jarayonlari izchil davom etayotganini namoyon etadi.