Avval xabar qilinganidek, jamiyat ustav kapitalini 1:4 koeffitsiyent asosida kapitallashtirish jarayoni munosabati bilan “Daromad Plus” IF AJning oddiy aksiyalari (UZ7043370004) bo‘yicha savdolar 2026-yil 9-iyuldan boshlab vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Kapitallashtirish jarayonlari yakunlanib, qimmatli qog‘ozlar bozorining Yagona dasturiy-texnik majmuasida tegishli o‘zgartirishlar amalga oshirilgani munosabati bilan 2026-yil 17-iyuldan boshlab “Daromad Plus” IF AJning oddiy aksiyalari (UZ7043370004) bo‘yicha savdolar qayta tiklandi.
Kapitallashtirish natijasida oddiy aksiyaning oxirgi yopilish narxi 4066,0 so‘m 1:4 kapitallashtirish koeffitsiyenti hisobga olingan holda qayta hisoblanib, 813,20 so‘m etib belgilandi.