Цена закрытия : 73.31
Цена последний сделки : 76.99 ( ▲ 3.31 )
Дата последней сделки : 31.07.2026
Цена закрытия : 5,900
Цена последний сделки : 6,006 ( ▲ 96.0 )
Дата последней сделки : 31.07.2026
Цена закрытия : 3,780
Цена последний сделки : 3,683 ( ▼ 65.99 )
Дата последней сделки : 31.07.2026
Цена закрытия : 2,496
Цена последний сделки : 2,470 ( ▲ 95.0 )
Дата последней сделки : 31.07.2026
Цена закрытия : 1,233
Цена последний сделки : 1,207 ( ▲ 5.99 )
Дата последней сделки : 31.07.2026
Цена закрытия : 32.7
Цена последний сделки : 31.99 ( ▲ 0.12 )
Дата последней сделки : 31.07.2026
Цена закрытия : 86.5
Цена последний сделки : 85 ( ▼ 1.96 )
Дата последней сделки : 31.07.2026
Цена закрытия : 8,350
Цена последний сделки : 8,400 ( ▲ 110.0 )
Дата последней сделки : 31.07.2026
Цена закрытия : 3.01
Цена последний сделки : 2.81 ( ▲ 0.13 )
Дата последней сделки : 31.07.2026
Цена закрытия : 73.31
Цена последний сделки : 76.99 ( ▲ 3.31 )
Дата последней сделки : 31.07.2026
Цена закрытия : 5,900
Цена последний сделки : 6,006 ( ▲ 96.0 )
Дата последней сделки : 31.07.2026
Цена закрытия : 3,780
Цена последний сделки : 3,683 ( ▼ 65.99 )
Дата последней сделки : 31.07.2026
Цена закрытия : 2,496
Цена последний сделки : 2,470 ( ▲ 95.0 )
Дата последней сделки : 31.07.2026
Цена закрытия : 1,233
Цена последний сделки : 1,207 ( ▲ 5.99 )
Дата последней сделки : 31.07.2026
Цена закрытия : 32.7
Цена последний сделки : 31.99 ( ▲ 0.12 )
Дата последней сделки : 31.07.2026
Цена закрытия : 86.5
Цена последний сделки : 85 ( ▼ 1.96 )
Дата последней сделки : 31.07.2026
Цена закрытия : 8,350
Цена последний сделки : 8,400 ( ▲ 110.0 )
Дата последней сделки : 31.07.2026
Цена закрытия : 3.01
Цена последний сделки : 2.81 ( ▲ 0.13 )
Дата последней сделки : 31.07.2026

Существенные факты



EMITENTNING NOMI/НАИМЕНОВАНИЕ ЭМИТЕНТА/ISSUER'S NAME

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki
“Mikrokreditbank” ATB
МСВА


ALOQA MA’LUMOTLARI/КОНТАКТНЫЕ ДАННЫЕ/CONTACT INFORMATION

100047, Toshkent shahri Mirobod tumani, Amir Temur shox koʻchasi, 4-uy
100047, Toshkent shahri Mirobod tumani, Amir Temur shox koʻchasi, 4-uy
info@mikrokreditbank.uz
www.mikrokreditbank.uz


MUHIM FAKT TO‘G‘RISIDA AXBOROT/ИНФОРМАЦИЯ О СУЩЕСТВЕННОМ ФАКТЕ/MATERIAL FACT INFORMATION

06
Emitentning yuqori boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qarorlar, shu jumladan xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashining aksiyalar, korporativ obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha qarorlari./Решения, принятые высшим органом управления эмитента, в том числе решения наблюдательного совета хозяйственных обществ о выпуске акций, корпоративных облигаций и иных ценных бумаг/Decisions madeby the highest management body of the issuer, including decisions of the supervisory board of business companies on the issue of shares, corporate bonds and other securities
Kuzatuv kengashi majlisi/Заседания наблюдательного совета/Supervisory board meeting
01.06.2024
11.06.2024
Toshkent shahri Mirobod tumani, Amir Temur shox koʻchasi, 4-uy
100
Ovoz berishga qo‘yilgan masalalar/Вопросы, поставленные на голосование/Questions put to the vote Ovoz berish yakunlari (yoqlash) %/Итоги голосования за %/Results of voting for % Ovoz berish yakunlari (yoqlash) /Итоги голосования за количество/Results of voting for the number of Ovoz berish yakunlari (qarshi) %/Итоги голосования против %/Results of the vote against % Ovoz berish yakunlari (qarshi)/Итоги голосования против количество/The results of the vote against the number Ovoz berish yakunlari (betaraflar) %/Итоги голосования воздержались %/The results of the vote abstained % Ovoz berish yakunlari (betaraflar)/Итоги голосования воздержались количество/Voting results abstained number
1 “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki ustav kapitalini qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirish va qoʻshimcha aksiyalarini chiqarish haqida qaror qabul qilish. 100 8 0 0 0 0
2 “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki qoʻshimcha chiqarilayotgan aksiyalarining joylashtirish tartibi va muomalaga kiritish shartlarini belgilash. 100 8 0 0 0 0
3 “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining Aksiyalar qoʻshimcha chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarorini tasdiqlash. 100 8 0 0 0 0
Matn/Текст/Text
1 G‘aznachilik departamenti direktori v.v.b A.Beshimov axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki ustav kapitali nominal qiymati 1 068 (bir ming oltmish sakkiz) soʻm boʻlgan 1 893 791 781 (bir milliard sakkiz yuz to‘qson uch million yetti yuz to‘qson bir ming yetti yuz sakson bir) dona umumiy qiymati 2 022 569 622 108 (ikki trillion yigirma ikki milliard besh yuz oltmish to‘qqiz million olti yuz yigirma ikki ming bir yuz sakkiz) soʻmlik egasining nomi yozilgan oddiy hujjatsiz shakldagi qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan uning miqdorini 3 795 323 565 000 (uch trillion yetti yuz to‘son besh milliard uch yuz yigirma uch million besh yuz oltmish besh ming) soʻmdan 5 817 893 187 108 (besh trillion sakkiz yuz o‘n yetti milliard sakkiz yuz to‘qson uch million bir yuz sakson yetti ming bir yuz sakkiz) soʻmga qadar yetkazish orqali ko‘paytirilsin. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining nominal qiymati 1 068 (bir ming oltmish sakkiz) soʻm boʻlgan 1 893 791 781 (bir milliard sakkiz yuz to‘qson uch million yetti yuz to‘qson bir ming yetti yuz sakson bir) dona umumiy qiymati 2 022 569 622 108 (ikki trillion yigirma ikki milliard besh yuz oltmish to‘qqiz million olti yuz yigirma ikki ming bir yuz sakkiz) soʻmlik egasining nomi yozilgan oddiy hujjatsiz shakldagi qoʻshimcha aksiyalari yopiq obuna orqali muomalaga chiqarilsin.
2 Korporativ maslahatchi X.Usmanov va Kuzatuv kengashi mustaqil a’zosi G.Paresishvili axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining nominal qiymati 1 068 (bir ming oltmish sakkiz) soʻm boʻlgan 1 893 791 781 (bir milliard sakkiz yuz to‘qson uch million yetti yuz to‘qson bir ming yetti yuz sakson bir) dona umumiy qiymati 2 022 569 622 108 (ikki trillion yigirma ikki milliard besh yuz oltmish to‘qqiz million olti yuz yigirma ikki ming bir yuz sakkiz) soʻmlik egasining nomi yozilgan oddiy hujjatsiz shakldagi qoʻshimcha chiqarilayotgan aksiyalarining joylashtirish tartibi va muomalaga kiritish shartlari quyidagicha belgilansin: 1) Chiqarilayotgan aksiyalar yopiq obuna usuli bilan Bank aksiyadorlarining imtiyozli ravishda olish huquqi qoʻllanilgan holda quyidagi aksiyadorlarga joylashtiriladi: Aksiyador nomi Joylashtiriladigan aksiyalar soni (dona) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 740 082 820 Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 1 153 708 961 Jami 1 893 791 781 2) Chiqarilayotgan aksiyalar vakolatli davlat organi tomonidan davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab 180 (bir yuz sakson) kun davomida joylashtiriladi. - aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi – aksiyalar qoʻshimcha chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi xabar va aksiyadorlarning aksiyalarni imtiyozli olish huquqi toʻgʻrisidagi bildirishnoma qonunchilikka muvofiq e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n birinchi kun, biroq imtiyozli olish huquqining amal qilish muddati o‘tguniga qadar Bankning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish to‘g‘risida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan bo‘lsa, aksiyalarni joylashtirish ushbu arizalar kelib tushgan kundan keyingi ish kunida boshlanadi. Agar aksiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, unda aksiyalarni joylashtirish keyingi birinchi ish kunida boshlanadi. - aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi – ushbu chiqarilishning soʻnggi aksiyasi joylashtirilgan kun, biroq aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi, ushbu aksiyalar vakolatli davlat organi tomonidan davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab 180 (bir yuz sakson) kundan oshmasligi lozim; 3) Aksiyadorlarning imtiyozli ravishda olish huquqi qoʻllanilgan holda, chiqarilayotgan aksiyalar yushmagan birjadan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik-huquqiy bitimlar tuzish orqali qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi. Aksiyadorlarning imtiyozli olish huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin, qolgan aksiyalar qonunchilikda belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchisi savdo maydonchasida uning qimmatli qogʻozlar bilan savdo o‘tkazish qoidalariga muvofiq bitimlar tuzish orqali tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga joylashtiriladi. Aksiyadorlarning imtiyozli olish huquqining amal qilish muddati tugaguniga qadar chiqarilayotgan aksiyalar imtiyozli huquqqa ega boʻlmagan shaxslarga joylashtirilmaydi. Aksiyalar joylashtirilishi jarayonida anderrayterlar jalb qilinishi koʻzda tutilmaydi; 4) Chiqarilayotgan aksiyalarni joylashtirishda ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar ularni imtiyozli ravishda olish huquqiga ega. Aksiyador ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni o‘ziga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda imtiyozli olish huquqiga ega bo‘ladi. Bank aksiyalarini imtiyozli olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning roʻyxati 2024-yil 1-iyun kuni holatiga shakllantirilgan Bank aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi. Imtiyozli huquq amalga oshirilgan taqdirda, aksiyadorlar aksiyalarning faqat butun miqdorini olishi mumkin. Bank aksiyalarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan e’tiboran 10 (oʻn) kun ichida ommaviy axborot vositalarida bildirishnomani e’lon qilish orqali oʻzining imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyadorlariga aksiyalarni olishni taklif etadi. Bildirishnoma matnida joylashtirilayotgan aksiyalarning soni, ularni joylashtirish narxi, har bir aksiyador olishga haqli boʻlgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning bu huquqi amal qiladigan muddat va uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar boʻlishi lozim. Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyador aksiyalarni olishi toʻgʻrisida oʻzining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), oʻzi oladigan aksiyalarning soni koʻrsatilgan yozma shakldagi arizani va haq toʻlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Bankka (Bankning Bosh ofisi yoki Bank hududiy bo‘linmalari orqali) yuborish orqali oʻz imtiyozli huquqini toʻliq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida Bankka (Bankning Bosh ofisi yoki Bank hududiy bo‘linmalari orqali) taqdim etilishi kerak. Aksiyadorlarning aksiyalarni imtiyozli olish huquqi bildirishnoma e’lon qilingan paytdan e’tiboran 10 (oʻn) kun davomida amal qiladi. Imtiyozli huquqning amal qilish muddati, agar bu muddat oʻtguniga qadar Bankning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish toʻgʻrisida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan boʻlsa, tugaydi. Imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi; 5) Chiqarilayotgan aksiyalar, shu jumladan imtiyozli huquq bo‘yicha 1 068 (bir ming oltmish sakkiz) soʻmdan joylashtiriladi; 6) Aksiyalar uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida faqat pul mablagʻlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga muvofiq naqdsiz shaklda hamda boshqa aksiyadorlar tomonidan naqd va (yoki) naqdsiz shaklda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Aksiyalar to‘lanishiga kelib tushadigan naqd va (yoki) naqdsiz shakldagi pul mablag‘lari, shu jumladan plastik kartalardagi pul mablag‘lari ko‘chirilishi lozim bo‘lgan Emitentning bank rekvizitlari – bank nomi: “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki (qisqa nomi: “Mikrokreditbank” ATB), bank manzili: 100047, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shox ko‘chasi, 4-uy, bank tarkibiy bo‘linmasi nomi: Amaliyot boshqarmasi (qisqa nomi: Amaliyot boshqarmasi), bank tarkibiy bo‘linmasi manzili: 100096, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 14-uy, bank STIR: 200547792, bank hisobvaraqlari: 29830000300000433277 (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi uchun), 29830000604515255001 (Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi uchun) va 29830000900000433213 (boshqa aksiyadorlar uchun), bank kodi (MFO): 00433 bo‘yicha qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, aksiyalar uchun to‘langan pul mablag‘lari Bank-emitentning tegishli hisobvaraqlarida hisobi yuritiladi; 7) Chiqarilayotgan aksiyalarning oltmish foizdan kam qismi joylashtirilganda, ushbu chiqarilish amalga oshmagan deb e’tirof etiladi. Aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, Bank tomonidan ushbu holat to‘g‘risida o‘rnatilgan tartibda rasmiy ma’lumot Bank veb-saytida, korporativ axborot yagona portalida hamda “Toshkent” Respublika fond birjasi veb-saytida o‘rnatilgan tartibda e’lon qilinadi. Aksiyalar uchun toʻlangan mablagʻlar aksiyadorlarning arizasida koʻrsatilgan banklardagi hisobvaraqlariga ushbu chiqarilish amalga oshmagan deb topilgan kundan boshlab, 10 (oʻn) kun davomida toʻliq oʻtkazib beriladi.
3 “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining Aksiyalar qoʻshimcha chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarori ilovaga muvofiq tasdiqlansin va uni tasdiqlanganligi boʻyicha imzolash huquqi Kuzatuv kengashi a’zosi F.Nurgaliyevga berilsin. Aksiyalar chiqarilishini qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish Bank Boshqaruvi zimmasiga yuklatilsin.
F.I.Sh/Ф.И.О./Full name Shaxs a’zosi hisoblangan emitent organining nomi/Наименование органа эмитента, членом которого является лицо/Name of the issuer's agency of which the person is a member To‘lov turi (haq va (yoki) kompensatsiyalar)/Вид выплаты (вознаграждения и (или) компенсация)/Type of payment (remuneration and (or) compensation) Hisoblangan summa (so‘m)/Начисленная сумма (сум)/Accrued amount (sum) Mablag‘lar hisoblangan davr/Период, за который начислены средства/The period for which the funds were accrued To‘lov nazarda tutilgan emitent hujjati/Документ, котором предусмотрена выплата/The document that provides for the payment

Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash/Избрание членов наблюдательного совета/Election of members of the Supervisory Board:

F.I.Sh/Ф.И.О./Full name Ish joyi/Место работы/Place of work Lavozimi/Должность/Post Egamizdagi aktsiyalar turi/Тип принадлежащих акций/Type of shares held Egamizdagi aksiyalar soni/Количество принадлежащих акций/Number of shares owned Ovozlar soni/Количество голосов/Number of votes
Djumaniyazov Ikram Karimbaevich
Sagdullayev Jo'rabek Saydullayevich
Turdibekov Zafar Shokul o'g'li