"Alskom Sug‘urta Kompaniyasi" AJ aksiyalari savdosining qayta tiklanishi.
2025-yil 7-oktyabrdan boshlab "Alskom Sug‘urta Kompaniyasi" AJ aksiyalari savdosi o‘tgan yillarning sof foydasini kapitallashtirish bo‘yicha korporativ harakatlar yakunlangani va qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi joylashtirilgani munosabati bilan qayta tiklanadi.
Kapitallashtirish natijasida jamiyat aksiyalari soni har bir mavjud aksiyaga bitta qo‘shimcha aksiya joylashtirish hisobiga ikki barobarga ko‘paydi, bunda bozor kapitalizatsiyasi o‘zgarishsiz qoldi. Shu sababli, aksiyalarning hisoblash narxi oxirgi yopilish narxini (2025-yil 2-iyundagi) ikkiga bo‘lish orqali tuzatildi:
- oddiy aksiya narxi: 1 495 / 2 = 747,5 so‘m
- imtiyozli aksiya narxi: 1 380 / 2 = 690 so‘m