| 1. |
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-sentabrdagi Qaroriga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Xalq banki ustav kapitalini oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan nominal qiymati 1 000,0 (bir ming) so‘m bo‘lgan 700 000 000 000 (yetti yuz milliard) so‘mlik 700 000 000 (yetti yuz million) dona qo‘shimcha oddiy aksiyalar muomalaga chiqarilsin. 2. Qo‘shimcha chiqarilayotgan aksiyalarni joylashtirish muddati va shartlari quyidagicha belgilansin: Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar Bank aksiyadorlariga imtiyozli ravishda olish huquqini qo‘llagan holda, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yopiq obuna usulida joylashtirilsin. 3. Aksiyalar chiqarilishi davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab 1 (bir) yil davomida joylashtirilsin. Aksiyalarni joylashtirishning boshlanish sanasi – Aksiyalar chiqariluvi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi xabar va imtiyozli huquqning amal qilish muddati ko‘rsatilgan bildirishnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan e’tiboran 11 (o‘n birinchi) kun, biroq imtiyozli sotib olish huquqining amal qilish muddati o‘tguniga qadar bankning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish to‘g‘risida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan bo‘lsa aksiyalarni joylashtirish ushbu arizalar kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan boshlansin. Aksiyalarni joylashtirishni tugatish sanasi – oxirgi aksiya joylashtirilgan kun, lekin aksiyalar chiqarilishi davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab, 1 (bir) yildan oshmagan muddatda amalga oshirilsin. Aksiyalarni joylashtirish O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchisi orqali savdo qoidalariga asosan, bitimlar tuzgan holda amalga oshirilsin. Ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirish bo‘yicha anderrayterlar jalb qilinmasin. Aksiyadorlarning imtiyozli olish huquqining amal qilish muddati tugaguniga qadar chiqarilayotgan aksiyalar imtiyozli huquqqa ega bo‘lmagan shaxslarga joylashtirilmasin. Aksiyadorlarning imtiyozli olish huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin qolgan aksiyalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga joylashtirilsin. 4. Mazkur chiqarilishdagi aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqiga ega aksiyadorlar ro‘yxati aksiyalarni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sana yaʼni, 2024-yil 29-oktabr holatiga shakllantirilgan bank aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuzilsin. Ushbu aksiyalarning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish orqali imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyadorlarga aksiyalarni mazkur aksiyadorlarda mavjud bo‘lgan aksiyalar soniga mutanosib ravishda teng shartlarda, har bir donasini 1 000 (bir ming) so‘mdan olish taklif etilsin. Bildirish matnida joylashtirilayotgan aksiyalarning soni, ularni joylashtirish narxi, har bir aksiyador olishga haqli bo‘lgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning bu huquqi amal qiladigan muddat va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tilsin. Imtiyozli huquqning amal qilish muddati bildirish e’lon qilingan paytdan e’tiboran 10 (o‘n) kun etib belgilansin. Imtiyozli huquqning amal qilish muddati, agar bu muddat o‘tguniga qadar bankning barcha aksiyadorlaridan imtiyozli huquqdan foydalanish to‘g‘risida yoki undan foydalanishdan voz kechish haqida yozma ravishda arizalar olingan bo‘lsa, tugaydi. Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyador aksiyalarni olishi to‘g‘risida o‘zining nomi va joylashgan eri, o‘zi oladigan aksiyalarning soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni bankka yuborish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida bankka taqdim etilishi kerak. Imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugaganidan keyin qolgan aksiyalar mazkur qarorda belgilangan tartibda joylashtiriladi. Ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirish, shu jumladan imtiyozli huquqqa ega aksiyadorlar o‘rtasida joylashtirish 1 000 (bir ming) so‘mdan amalga oshirilsin. Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida faqat pul mablag‘lari bilan naqd va (yoki) naqdsiz shaklda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilsin. 5. Aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, aksiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan kundan boshlab aksiyalar uchun to‘langan pul mablag‘lari 10 (o‘n) kalendar kun mobaynida belgilangan tartibda qaytarilsin. |