2026-yil sentyabr oyida “Toshkent” Respublika fond birjasida obligatsiyalar savdosida 857 nafar chakana investor ishtirok etdi. Hisobot davrida 1 911 ta bitim tuzildi.
Avgust oyiga nisbatan chakana investorlar soni 2 foizga, tuzilgan bitimlar soni esa 22 foizga kamaydi.
Obligatsiya egalari tarkibi:
2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston kapital bozorida obligatsiya egalarining umumiy soni 4 010 nafarni tashkil etdi. Ularning 3 793 nafari (94,6%) jismoniy shaxslar, 217 nafari esa yuridik shaxslar hisoblanadi.
Obligatsiya egalari tarkibida 392 nafar xorijiy investor qayd etilgan bo‘lib, ularning 378 nafari jismoniy shaxslar, 14 nafari esa yuridik shaxslar hisoblanadi.
Hisobot davrida mobil ilovalar orqali:
1 684 ta sotib olish;
1 308 ta sotish operatsiyasi amalga oshirildi.