QATT
UZ7034730000
<Qashqadaryo texnologik transport> aksiyadorlik jamiyati
“Qashqadaryo
texnologik transport” AJ
Kuzatuv
kengashining mustaqil a’zoligi
uchun TANLOV E’LON QILADI
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va
xorijiy davlat fuqarolari tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari
mumkin.
Tanlov Kuzatuv kengashi mustaqil a’zoligi
uchun tanlov o‘tkazish, nomzodlarni tanlab olish va unga haq (mukofot) to‘lash
to‘g‘risidagi nizom asosida o‘tkaziladi.
Tanlov muddati va aloqa ma’lumotlari
|
Arizalarni qabul
qilish boshlanishi 2026-yil
25-noyabr, soat
09:00 dan |
Arizalarni qabul
qilish tugashi 2026-yil
14-dekabr, soat
18:00 gacha |
Arizalar taqdim etiladigan
joy: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Shayxali
mahallasi, Koson tosh yo‘li, 16-uy, Jamiyat binosi.
Aloqa uchun telefon: +998 (99) 545-53-58
Elektron pochta: qashtt_aj@umail.uz; qashqadaryotextrans@mail.ru
Jamiyat faoliyatining
asosiy yo‘nalishi: avtomobil transportida yuk
tashish xizmatlarini ko‘rsatish.
Lavozimga da’vogar nomzodlar tomonidan
quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
·
shaxsni tasdiqlovchi hujjat
nusxasi, mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud bo‘lsa) yoki ish tajribasini
tasdiqlovchi hujjatlar, ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat nusxasi;
·
mehnat faoliyati to‘g‘risida
ma’lumotnoma (rezyume);
·
o‘zaro mustaqil bo‘lgan 2
joydan tavsiyanoma;
·
Kuzatuv kengashi mustaqil
a’zoligi uchun tanlov o‘tkazish, nomzodlarni tanlab olish va unga haq (mukofot)
to‘lash to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda jamiyat kuzatuv
kengashi mustaqil a’zosining mustaqillik mezonlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi
ariza;
·
qimmatli qog‘ozlar bozori
mutaxassisi, auditor, sug‘urtalovchi, baholovchi, sud boshqaruvchisi malaka
talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi amal qilish muddatiga ega hujjat (agar
mavjud bo‘lsa);
·
iqtisodiyot, moliya,
huquqshunoslik, korporativ boshqaruv sohasida kamida 2 ta xorijiy davlatda
stajirovkadan o‘tganlikni tasdiqlovchi hujjat (agar mavjud bo‘lsa);
·
mutaxassisligini tasdiqlovchi
xalqaro sertifikatlari (agar mavjud bo‘lsa);
·
Kuzatuv kengashi a’zosi
sifatidagi tajribasi haqida ma’lumot.
Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi
lozim:
·
oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
·
rahbarlik (rahbar, rahbar
o‘rinbosari, bosh hisobchi, menejer, supervayzer, yuridik xizmat boshlig‘i,
korporativ boshqaruv sohasida faoliyat yuritadigan boshqarma boshlig‘i, vakolatxona
yoki filial rahbari) lavozimlarida kamida ikki yillik ish tajribasiga ega
bo‘lish;
·
sudlanmagan yoki sudlanganlik
holati o‘rnatilgan tartibda tugatilgan yoki olib tashlangan bo‘lishi;
·
so‘nggi uch yil ichida
“Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik jamiyatida va (yoki) uning
affillangan shaxslarida ishlamagan bo‘lishi;
·
“Qashqadaryo texnologik
transport” aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan
ortiq foiziga egalik qiluvchi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri va (yoki) affillangan shaxslar
orqali) aksiyador bo‘lmasligi;
·
“Qashqadaryo texnologik
transport” aksiyadorlik jamiyatining va (yoki) uning affillangan shaxsining
yirik mijozi va (yoki) yirik yetkazib beruvchisi bilan fuqarolik-huquqiy
munosabatlarda bo‘lmasligi kerak. Bunda qaysi shaxslar bilan bazaviy hisoblash
miqdorining ikki ming baravaridan ko‘p bo‘lgan summaga teng amaldagi shartnoma
mavjud bo‘lsa, o‘sha shaxslar yirik mijoz va yirik yetkazib beruvchi deb
e’tirof etiladi;
·
so‘nggi uch yil ichida
“Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik jamiyatiga va (yoki) uning
affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini ko‘rsatgan auditorlik
tashkilotining xodimi bo‘lmaslik;
·
ketma-ket olti yil davomida
“Qashqadaryo texnologik transport” aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuv kengashi tarkibiga
kirmagan shaxs bo‘lish;
·
“Qashqadaryo texnologik
transport” aksiyadorlik jamiyati va (yoki) uning affillangan shaxslari bilan
biror-bir kelishuvga ega bo‘lmaslik, bundan Kuzatuv kengashi a’zosining
vazifalari va funksiyalari bajarilishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan
kelishuvlar mustasno;
·
“Qashqadaryo texnologik
transport” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv va ichki nazorat organlarining
va (yoki) uning affillangan shaxslarining a’zosi bo‘lgan shaxsning yoki so‘nggi
uch yil ichida ularga a’zo bo‘lgan shaxsning yaqin qarindoshi yoki quda
tomondan qarindoshi (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, o‘g‘illari,
qizlari, eri (xotini), shuningdek erining (xotinining) ota-onasi, aka-ukalari,
opa-singillari va farzandlari) bo‘lmasligi;
·
davlat boshqaruvi organining
yoki davlat korxonasining xodimi bo‘lmaslik;
·
“Qashqadaryo texnologik
transport” aksiyadorlik jamiyatining ustavida yoki aksiyadorlar umumiy
yig‘ilishining qarorlari bilan tasdiqlangan hujjatlarda belgilangan talablarga
muvofiq bo‘lish.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar,
kutilayotgan vazifalar va vakolatlar:
·
qonunchilikda va “Qashqadaryo
texnologik transport” aksiyadorlik jamiyati ustavida belgilangan Kuzatuv
kengashi a’zosi vakolat va vazifalarini bajarish;
·
vijdonan va jonkuyarlik asosida
harakat qilish;
·
birinchi navbatda “Qashqadaryo
texnologik transport” aksiyadorlik jamiyati manfaatlaridan kelib chiqib harakat
qilish;
·
“Qashqadaryo texnologik
transport” aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan qaror qabul qilishda ehtiyotkorlik
bilan yondashish;
·
qarorlarni mustaqil, shaxsiy va
boshqa manfaatlarni inobatga olmagan holda qabul qilish.
Батафсил маълумот учун алоқа телефони: (+99899-545-53-58)
«ҚашкадарёТТ” АЖ рахбарияти Бошқарув кенгаши