Sentyabr oyi yakuniga ko‘ra, “Toshkent” RFB birja kotirovkalash varag‘ida 86 ta emitent tomonidan chiqarilgan 144 ta moliyaviy instrument mavjud edi. Shundan:
• 73 ta oddiy aksiya;
• 34 ta imtiyozli aksiya;
• 37 ta obligatsiya.
Hisobot davrida birja kotirovkalash varag‘iga “UzKRI” AJning /IQMK9B10/ obligatsiyalari, “Asia Alliance Bank” ATBning /AAB1B3U/ hamda “Universal bank” ATBning /UNVB1B2U/ AQSh dollarida ifodalangan obligatsiyalari, shuningdek, “Transgazmaxsusqurilish” AJning /TGMQ/ oddiy aksiyalari kiritildi.
Shuningdek, monitoring natijalariga ko‘ra, quyidagi jamiyatlarning qimmatli qog‘ozlari birja kotirovkalash varag‘idan chiqarildi:
“O‘ZBEKKIMYOMASH ZAVODI” AJ /UZHM/;
“Minora qurish ekspeditsiyasi” AJ /MIQE/;
“Yuggazstroy” AJ /YGSY/;
“O‘zbekiston shampani” AJ /UZSA/;
“Qo‘qon neftgaz parmalash ishlari” AJ /QNPI/;
“93-MAXSUS TREST” AJ /MXUS/ — oddiy aksiyalari;
“Toshkentdonmahsulotlari” AJ /TKDM, TKDMP/;
“O‘zagrosug‘urta” AJ /UZAS, UZASP/;
“Neftgazqurilishta’mir” AJ /NGQT, NGQTP/ — oddiy va imtiyozli aksiyalari.
Bundan tashqari, “Sarbon neftegaz” AJning /SANE/ oddiy aksiyalari ixtiyoriy delisting munosabati bilan birja kotirovkalash varag‘idan chiqarildi.