Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 28-sentabridan “Toshkent” Respublika fond birjasida ilk bor chet el valyutasida ifodalangan korporativ obligatsiyalar bilan savdolar boshlandi.
Savdolarning dastlabki haftasida, ya’ni 28-sentabr – 2-oktabr kunlari 7 ta bitim tuzildi.
Ilk hafta natijalari:
- 40 264 dona obligatsiya savdo qilindi;
- bitimlarning umumiy qiymati — 4 026 400,16 AQSh dollari;
- so‘m ekvivalentida — qariyb 47,61 mlrd so‘m.
Savdo hajmining asosiy qismi 28-sentabr kuniga to‘g‘ri keldi.
Ilk hafta natijalari valyuta obligatsiyalari bo‘yicha savdolar Birja amaliyotida faol boshlanganini ko‘rsatmoqda.