2026-yil sentyabr oyida “Toshkent” Respublika fond birjasida aksiyalar bozorida investorlar ishtiroki va savdo faolligining o‘sishi qayd etildi.
Hisobot davrida aksiyalar savdosida ishtirok etgan chakana investorlar soni 19 574 nafarni tashkil etib, avgust oyiga nisbatan 15 foizga oshdi. Aksiyalar bo‘yicha tuzilgan 196 195 ta bitim soni esa 7 foizga ko‘paydi.
Hisobot davrida mobil ilovalar orqali:
192 282 ta sotib olish;
177 017 ta sotish operatsiyalari amalga oshirilgan.
Shuningdek, 1 oktyabr holatiga ko‘ra, mamlakat kapital bozorida 1 104 559 nafar aksiyador, shu jumladan, 4 699 nafar xorijiy investor qayd etilgan.