Bugun British Management Universityda Investitsiya institutlari milliy assotsiatsiyasi (NAII) tomonidan NAII Investment Challenge 2026 tanlovi va kapital bozoriga bag‘ishlangan konferensiya tashkil etildi.
Tanlovda oliy ta’lim muassasalari talabalari CFA Level I dasturi hamda O‘zbekiston fond bozori amaliyoti asosida moliya, investitsiyalar va iqtisodiy tahlil yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Tadbir doirasida o‘tkazilgan “Universities Markets: Building the Talent Pipeline” mavzusidagi panel muhokamasida “Toshkent” RFB Biznesni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Indira Xabibulina ishtirok etdi.
Panel muhokamasida quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
- Kelgusi 3–5 yilda kapital bozorida talab yuqori bo‘ladigan mutaxassisliklar va kasbiy kompetensiyalar;
- Ochiq birja ma’lumotlari asosida talabalar uchun amaliy loyihalarni ishlab chiqish;
- Birja va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida stajirovkalar, ekspert ma’ruzalari, o‘qituvchilar malakasini oshirish va qo‘shma tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish.
Muhokamada ta’lim jarayonini kapital bozorining amaliy ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish va soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalari asosiy o‘rin egalladi.