XKBK
UZ7055620007
<O'zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq Banki>
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKI
AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Sizga bank
aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2026-yil 25-sentabr kuni soat 16:00 da Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, Xalq
banki markaziy apparati ma’muriy binosining 14-qavatida yuzma-yuz (bevosita) o‘tkazilishi
to‘g‘risida ma’lum qiladi.
Yig‘ilish kun tаrtibi:
1. Xalq banki aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini
tasdiqlash;
2. Xalq banki Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash
masalasini ko‘rib chiqish.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi
to‘g‘risida xabar berish uchun bank aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi:
2026-yil 27-avgust.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida
qatnashish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari reyestrini shakllantirish
sanasi: 2026-yil 21-sentabr.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida
ko‘riladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar bilan Toshkent shahar, Chilonzor
tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, Xalq banki markaziy apparatining 14 qavatli
ma’muriy binosi manzilida tanishish mumkin.
Bankning pochta manzili va elektron pochta manzili: 100096,
Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46-uy, info@xb.uz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +998 78-150-88-11 (ichki
10126).
Bank Kuzatuv kengashi