"Toshkent" RFB AJ
boshqaruvining 2022 yil 15 sentyabrdagi qarori asosida "BIZNES FINANS
MIKROMOLIYA TASHKILOTI" MCHJ korporativ obligatsiyalari
"Toshkent" RFB birja kotirovkalash varag'ining obligatsiyalar bozori "Bond Market"
segmentiga BFMT3 birja tikkeri bilan kiritidi.
"BIZNES
FINANS MIKROMOLIYA TASHKILOTI"mas'uliyati cheklangan jamiyati:
"BIZNES FINANS
MIKROMOLIYA TASHKILOTI" MCHJ 2017 yil
22 aprelda tashkil topgan.
Kompaniyaning asosiy
faoliyat turi-jismoniy va yuridik shaxslarga mikrokreditlar, mikrolizing taqdim
etish va faktoringni amalga oshirish, shuningdek O'zbekiston Respublikasi
qonunlariga zid bo'lmagan boshqa mikromoliya xizmatlarini ko'rsatish
(kompaniyaning rasmiy veb-saytiga ko'ra www.bizfin.uz).
«BIZNES
FINANS MIKROMOLIYA TASHKILOTI» MCHJ
obligatsiyalari haqida qisqacha ma'lumot / BFMT3 /
Ushbu korporativ
obligatsiyalar chiqarilishi «BIZNES FINANS MIKROMOLIYA TASHKILOTI» MCHJ uchun birinchi hisoblanadi va ushbu chiqarilish anderrayteri «Leader Finance» MCHJ hisoblanadi.
Ushbu korporativ
obligatsiyalar chiqarilishi «BIZNES FINANS MIKROMOLIYA TASHKILOTI» MCHJ uchun birinchi
(O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 2022 yil 31 avgustdagi
RU301Q0845T8identifikatsiya raqami ostida ro'yxatdan o'tgan) bo’lib, ushbu chiqarilish
anderrayteri "Leader Finance" MCHJ hisoblanadi.
Obligatsiyalar chiqarilishining umumiy hajmi 10 mlrd. so'm.
Obligatsiyaning nominal
qiymati 1 million so'm.
Obligatsiyalar soni 10 000 dona.
Obligatsiyalarning kupon (foiz) stavkasi - yillik
27%.
Chiqarilgan korporativ obligatsiyalar muddati 1080 (bir ming sakson) kunni tashkil etadi va bu muddat foizlar bo'yicha daromadlarni to'lash uchun 30 kundan iborat 36 oraliq davrga bo'linadi.
