O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 22 dekabrdagi PF-213-son “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga ko’ra, 2024-yil 2-yanvar, seshanba kuni qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.
6-yanvar — shanba kunidan 2-yanvar — seshanba kuniga ko‘chirilgani bois haftada 5 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar uchun 6-yanvar ish kuni hisoblanadi.
Farmonga muvofiq tarzda, “Toshkent” Respublika fond birjasi 2024 yil 2 yanvar kunini savdo bo`lmaydigan kun, 2024 yil 6 yanvarni esa savdo kuni deb e’lon qilinganini ma'lum qiladi.