2025-yil 18-martdan boshlab "O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJning beshinchi chiqarilishi "Toshkent" RFBning birja kotirovkalash varag‘iga kiritildi va savdolarga ruxsat berildi.
Ushbu chiqarilish Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 2025-yil 14-martda №Р0912-5 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
"O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etadi. Ushbu mablag‘lar bozor tamoyillari asosida aholining arzon uy-joyga bo‘lgan ortib borayotgan talabini qondirishga xizmat qiladi. Kompaniyaning rasmiy veb-sayti: uzmrc.uz.
Ushbu chiqarilishning shartlari:
Chiqarilgan obligatsiyalarning umumiy hajmi: 200 000 000 000 so‘m
Obligatsiyalar soni: 200 000
Nominal qiymati: 1 000 000 so‘m
Kupon (foiz) stavkasi: yillik 18%
Kupon to‘lovi davriyligi: har chorakda
Muomala muddati: 1 095 kun
Qimmatli qog‘oz kodi: UZ6056887AE3
Tiker: IQMK3B5