“Ipoteka-bank” АTIBning oddiy aksiyalari bilan savdolar vaqtincha to‘xtatildi
2026-yil 6-yanvardan 19-yanvargacha bo‘lgan 10 ish kuni davomida “Toshkent” Respublika fond birjasining Main Board savdo maydonchasida “Ipoteka-bank” АTIBning (UZ7054570005) oddiy aksiyalari narxi 132,38% dan oshgan.
Mazkur holatni har tomonlama o‘rganish va narhrlarni keskin o'sish faktorlarini tahlil qilish maqsadida, “Toshkent” Respublika fond birjasida Qimmatli qog‘ozlar savdosi qoidalarining 1687-bandiga ko‘ra, 2026-yil 21-yanvardan bankning oddiy aksiyalari bilan savdolar vaqtincha to‘xtatildi.
Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar Birjaning rasmiy kanallari orqali e’lon qilinadi.