AKSIYADORLARNING
NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY
YIG‘ILISHINI O‘TKAZISH
HAQIDA
XABARNOMA
“Toshkent”
RFB AJ 2026 yil 13 fevral kuni jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari
Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
KUN TARTIBI:
1. Aksiyadorlarning navbatdan
tashqari Umumiy yig‘ilishi raisi va kotibini saylash.
2. Sanoq komissiyasining son va
shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
3. Aksiyadorlarning navbatdan
tashqari Umumiy yig‘ilishi Reglamentini tasdiqlash.
4. “Toshkent” RFB AJda xorijiy valyutadagi
obligatsiyalarni joylashtirish va ularning muomalasi uchun ixtisoslashtirilgan
maydonchani tashkil etish.
5. “Toshkent” RFB AJda xorijiy qimmatli qog‘ozlarni
joylashtirish va ularning muomalasi uchun ixtisoslashtirilgan maydonchani
tashkil etish.
6. "Toshkent" RFB AJning mablag‘lari
hisobidan uning amaldagi dasturiy ta’minotini umumiy modernizatsiya qilish yoki
almashtirish.
Jamiyatning joylashgan joyi (pochta
manzili):
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 1000170, Mirzo Ulug‘bek tumani,
Mustaqillik shoh ko‘chasi, 107-uy.
Jamiyatning elektron manzili: info@uzse.uz
Yig‘ilish o‘tkaziladigan manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent
shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasi, 107-uy.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish: 13.02.2026 y. yig‘ilish
o‘tkaziladigan joyda soat 14-00 dan 15-00 gacha.
Yig‘ilish boshlanish vaqti: 15-00
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida
ishtirok etish va ovoz berish tartibi:
Aksiyadorlarning
umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi aksiyador tomonidan o‘z vakili orqali
amalga oshiriladi.
Aksiyador
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida o‘z vakilini istalgan vaqtda
almashtirishga haqli.
Aksiyadorlarning
Umumiy yig‘ilishida aksiyadorning vakili tegishli tarzda rasmiylashtirilgan
ishonchnoma asosida ish ko‘radi.
Aksiyadorlarning
umumiy yig‘ilishida ovoz berish "jamiyatning bitta ovoz beruvchi aksiyasi
- bitta ovoz" tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning
umumiy yig‘ilishida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish ovoz berish
byulletenlari bilan amalga oshiriladi.
Boshqa
ma’lumotlar:
Aksiyadorlarning
umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reestri 2026 yil
15 yanvar holatiga shakllantiriladi.
Aksiyadorlarning
umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar reestri 2026 yil 9 fevral
holatiga shakllantiriladi.
Aksiyadorlar
yig‘ilish materiallarini ish kunlari soat 10-00 dan 16-00 gacha quyidagi
manzilda olish huquqiga ega: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo
Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 107-uy. Murojaat uchun telefon:
(90) 982-44-48.