E’lon: 9-mart kuni savdolar o‘tkazilmaydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq, 8-mart – Xotin-qizlar kuni 2026-yilda yakshanba dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan dam olish kuni 2026-yil 9-martga ko‘chirilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, 9-mart kuni «Toshkent» Respublika fond birjasida savdolar o‘tkazilmaydi.
Birja 10-martdan odatiy ish tartibida o‘z faoliyatini davom etadi.