"Kapital sug'urta" AJning imtiyozli aksiyalari bo‘yicha savdolar tiklandi
2026-yil 16-fevraldan 27-fevral kunlari davomida "Toshkent" Respublika fond birjasining Main Board maydonchasida "Kapital sug'urta" AJning (UZ702866K013) imtiyozli aksiyalari kotirovkalarining sezilarli darajada o‘sishi qayd etilgan edi.
"Toshkent" Respublika fond birjasida Qimmatli qog‘ozlar savdosi qoidalarining 1687-bandiga muvofiq, narxlarning keskin va asoslanmagan o‘zgarishi holatlarida savdolarni to‘xtatib turish nazarda tutilganligi sababli, 2026-yil 2-mart sanasidan boshlab AJning mazkur aksiyalari bo‘yicha savdolar to‘xtatilgan edi va Birjaning nazorat komissiyasi tomonidan yuzaga kelgan bozor vaziyati har tomonlama tahlil qilindi.
Kompleks tahlilni amalga oshirish uchun quyidagi asosiy omillar o‘rganildi:
Taqdim etilgan materiallar hamda emitentning rasmiy ma’lumotlari o‘rganilishi natijasida bozor manipulyatsiyasi alomatlari aniqlanmadi.
Savdo qoidalarining 1688-3-bandiga asosan, nazorat komissiyasi tomonidan o‘rganish natijalari va barcha holatlar inobatga olingan holda, "Toshkent" Respublika fond birjasi tomonidan "Kapital sug'urta" AJning (UZ702866K013) imtiyozli aksiyalari bo‘yicha savdolarni 2026-yil 11-martdan boshlab, 2026-yil 2-martda shakllangan yopilish narxi asosida qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shu bilan birga, "Kapital sug‘urt" AJ tomonidan Birjaga rasmiy murojaat kelib tushgan bo’lib, unda ijtimoiy tarmoqlarning ayrim kanallarida 2026-yil 8-yanvar kuni “Kapital sug‘urta” AJ tomonidan “Prestige Insurance” AJ aksiyalarining nazorat paketini sotib olishga doir yirik bitim haqidagi muhim fakt noto‘g‘ri talqin qilinayotgani ma’lum qilingan. Xususan, "Kapital sug‘urta" AJ aksiyalarining nazorat paketi (55,17%) go‘yoki “Prestige Insurance” AJ tasarrufiga o‘tgani haqida asossiz ma’lumotlar tarqatilgani qayd etilgan.