26-mart 2026-yil Listingdan-tashqari savdo maydonchasida savdolar o‘tkazish vaqti soat 18:00 gacha uzaytirildi
"Silk Capital" MChJ investitsiya-vositachisining 2026-yil 26-mart kunidagi murojaatida listingdan tashqari savdo maydonchasida “Issiqlikta’minoti” AJ aksiyalarining birlamchi chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorning 11.2-bandiga muvofiq aksiyalarni joylashtirish tugash sanasi belgilangan.
Mazkur chiqarilishdagi eng oxirgi aksiya joylashtirilgan sana, lekin ushbu chiqarilishdagi aksiyalar emitent davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan 365 kundan oshmasligi lozimligi qayd etilgan.
Aksiyalarni joylashtirishning belgilangan muddati doirasida tuzilgan bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘z vaqtida yakunlashni ta’minlash maqsadida birjadan tashqari savdo platformasida savdolar o‘tkazish vaqtini uzaytirish bo‘yicha murojaati ko‘rib chiqildi.
Mazkur murojaatga asosan hamda «Toshkent» RFB AJning birja listingiga kiritilmagan qimmatli qog‘ozlar bilan savdolarni tashkil etish qoidalarining 25-bandiga muvofiq, listingdan tashqari savdo maydonchasida savdolar o‘tkazish vaqti bugun soat 18:00 gacha uzaytirildi.