30-may kuni Toshkent shahrida Investitsiya institutlari milliy uyushmasi (NAII) tomonidan tashkil etilgan NAII Awards 2025 taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim davomida mamlakatimiz kapital bozorini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan ishtirokchilar taqdirlandi.
Tadbir doirasida o‘tkazilgan panel sessiyalarda kapital bozorining joriy holati va rivojlanish istiqbollari, bozor infratuzilmasini takomillashtirish hamda sohani tartibga solish yuzasidan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
.png)
Mazkur muloqotlarda “Toshkent” Respublika fond birjasi vakillari bozorning yillik natijalari, savdo hajmlari dinamikasi, amalga oshirilayotgan islohotlar va infratuzilmaviy yangilanishlar haqida taqdimot qildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga xalqaro yondashuvlar asosida ishlab chiqilayotgan yangi bozor indekslari hamda uning milliy kapital bozorini rivojlantirishdagi ahamiyati yuzasidan ma’lumot berildi.
NAII Awards 2025 kapital bozori ishtirokchilari yutuqlarini e’tirof etish va soha vakillari o‘rtasida tajriba almashish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.