"O'zparavtotrans" AJning oddiy aksiyalari bilan savdolar vaqtincha to‘xtatildi
2026-yil 8-yanvardan 21-yanvargacha bo‘lgan 10 ish kuni davomida “Toshkent” Respublika fond birjasining Main Board savdo maydonchasida "O'zparavtotrans" AJning (UZ7032730002) oddiy aksiyalari narxi 187,95% dan oshgan.
Mazkur holatni har tomonlama o‘rganish va narhrlarni keskin o'sish faktorlarini tahlil qilish maqsadida, “Toshkent” Respublika fond birjasida Qimmatli qog‘ozlar savdosi qoidalarining 1687-bandiga ko‘ra, 2026-yil 22-yanvardan emitentning oddiy aksiyalari bilan savdolar vaqtincha to‘xtatildi.
Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar Birjaning rasmiy kanallari orqali e’lon qilinadi.