ISO 37001:2016 — Korrupsiyaga qarshi menejment tizimi
Sertifikat berilgan sana: 2024-yil 26-yanvar
Mazkur xalqaro standart tashkilotda korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularning oldini olishga qaratilgan samarali boshqaruv tizimini joriy etishni nazarda tutadi. Sertifikat Birjada korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi xalqaro standartlar talablariga muvofiq tashkil etilganini tasdiqlaydi.
ISO 9001:2015 — Sifat menejmenti tizimi
Sertifikat berilgan sana: 2023-yil 19-dekabr
Mazkur xalqaro standart xizmatlar sifatini boshqarish, biznes jarayonlarini takomillashtirish hamda mijozlar va bozor ishtirokchilari ehtiyojlarini samarali qondirishga qaratilgan sifat menejmenti tizimini joriy etish bo‘yicha talablarni belgilaydi.