"Suvmash" aksiyadorlik jamiyatining 47 foiz davlat aksiyalari 40 foizga pasaytirildi
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi majlisining 2025-yil 28-iyuldagi 61 son (VM 21/25-61-son, 28.07.2025y.) bayoni, shuningdek Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasining 2025-yil 15-dekabrdagi Buyrug‘iga asosan "Suvmash" aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalidagi 47% davlat ulushi baxolangan qiymatiga nisbatan 40 foizga pasaytirilib qaytadan birja savdolariga chiqarildi.
- Aksiyalar soni – 106 494 dona oddiy aksiya;
- Bir dona aksiyaning boshlang‘ich narxi – 659 808,00 so‘m;
- Aksiyalar paketining umumiy boshlang‘ich narxi – 70 265 593 152,00 so‘m;
- Savdo tashkilotchisi – "Toshkent" RFB AJ;
- Lotlar soni – 1 lotda 106 494 dona oddiy aksiya.
Talabgorlar 2025-yil 25 dekabr kunidan boshlab "Toshkent" RFB AJ ning maxsus platformasi, ТQQMP Nego maydonchasi orqali aksiya paketini sotib olish bo‘yicha o‘z takliflarini berishlari mumkin.
Birja savdolari eng yuqori taklifni taqdim etgan talabgor bilan birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mahalliy va xorijiy investorlarni birja savdolariga taklif etib qolamiz.
Qo‘shimcha malumotlar uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shaxar hududiy boshqarmasiga (+998 71) 207-05-19 va "PREMIUM FINANCE" MCHJ investitsiya vositachisiga (+998 77) 700-10-00 murojaat qilishingiz mumkin.