Korporativ boshqaruv kodeksining tavsiyalariga rioya qilish to‘g‘risida xabarnoma
“O‘zenergosotish” aksiyadorlik jamiyati Yagona aksiyadorining 2024-yil 12-fevraldagi 3-sonli qaroriga muvofiq, Jamiyat 2024 yil 13-fevraldan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’yektning halol va oshkoralikka sodiqligini ko‘rsatgan holda Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasining 2015-yil 31-dekabrdagi 9-sonli bayoni bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksining tavsiyalariga ixtiyoriy ravishda rioya etish majburiyatini oldi.
“O‘zenergosotish” AJ 2025-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan muddatda o‘z faoliyatini Korporativ boshqaruv kodeksining tavsiyalariga amal qilgan holda olib bordi va bundan keyin ham amal qilish niyatida.