“Toshkent” Respublika fond birjasida yangi a’zo “KAPITAL SECURITIES” MCHJga investitsiya vositachisi sifatida a’zolik huquqini beruvchi guvohnoma tantanali ravishda topshirildi.
2026 yil 6 may sanasidan boshlab “KAPITAL SECURITIES” MCHJ Birjaning 506-sonli brokerlik raqami ostida rasmiy ravishda faoliyat yuritishni boshladi.

Mazkur kompaniya “KAPITALBANK” ATB tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, fond bozorida professional ishtirokchi sifatida o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Yangi a’zoning Birja safiga qo‘shilishi mamlakat kapital bozorida raqobatbardosh, zamonaviy va investorlar uchun qulay infratuzilmani rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam hisoblanadi.
“KAPITAL SECURITIES” MCHJ ga Birja a’zosi sifatidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!